Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 400
UMUMIY O‘RTA TA’LIM TIZIMIDA HR-MENEJMENT VA MEHNAT MUNOSABATLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARINI SOTSIOLOGIK SO‘ROV NATIJALARI ASOSIDA EMPIRIK TAHLILI
Аннотация · Abstract
Maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimida HR-menejment asosida mehnat munosabatlarini tashkil etishning amaldagi holatini aniqlash maqsadida respublikaning turli hududlaridagi maktab direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va pedagog xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan keng qamrovli sotsiologik so‘rovnoma (1423 respondent) natijalari tahlil qilingan. “Tashkiliy-huquqiy”, “HR-brend” va “ichki kommunikatsiya va psixologik muhit” bloklari bo‘yicha olingan empirik ma’lumotlar asosida kadrlarni saralashdagi subyektivlik, moddiy rag‘batlantirishning shaffof emasligi, xodimlarning iqtisodiy sodiqligi pastligi, kasbiy o‘sish traektoriyasining yetishmasligi, ichki kommunikatsiya va psixologik muhitdagi uzilishlar hamda ilmiy salohiyatning pastligi kabi olti tizimli muammo aniqlangan.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i400/406
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0