Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 400
XALQ EPIK MEROSI (DOSTON VA MAQOLLAR)NING O‘QUVCHILAR XULQ-ATVOR MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDAGI DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Аннотация · Abstract
Maqolada xalq og‘zaki ijodining bosh ustunlari – xalq epik merosi (dostonlar) hamda maqollarning o‘quvchilar xulq-atvor madaniyatini shakllantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Dostonlarning sinkretik tabiati va ulardagi ideal obrazlar orqali o‘smirlarda vatanparvarlik, oilaviy va umumbashariy qadriyatlarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, xalq maqollarining oltita asosiy tarbiyaviy yo‘nalish bo‘yicha tematik tasnifi keltirilib, ularning bola shaxsida kognitiv, motivatsion-qadriyatli va faoliyat-xulqiy mezonlarni faollashtirishdagi metaforik kuchi asoslangan. Doston va maqollar integratsiyasi o‘quvchi xulqini tartibga soluvchi va globallashuv sharoitida manaviy immunitetni mustahkamlovchi qudratli didaktik vosita ekanligi isbotlangan.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i400/401
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0