Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399
PEDAGOG KADRLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH MUASSASALARI RAHBARLARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI REYTING ASOSIDA BAHOLASH: METODOLOGIK YONDASHUV VA AMALIY NATIJALAR
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish muassasalari rahbarlari faoliyati samaradorligini reyting asosida baholash tizimining metodologik xususiyatlari va uni amaliyotda qo‘llash natijalari tahlil qilingan. Tadqiqot “Kasbiy mahorat yetakchisi” respublika tanlovi doirasida tasdiqlangan baholash mezonlari hamda 8 ta hududiy pedagogik mahorat markazi rahbarlari faoliyati bo‘yicha shakllangan empirik ma’lumotlar (n=8) asosida amalga oshirilgan. Baholash modeli rahbar faoliyatini to‘rt yo‘nalish – hududda ta’lim sifatini oshirish natijalari, moliyaviy barqarorlik, zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish, tajribali kadrlar bilan ta’minlash va boshqaruv – bo‘yicha 100 ballik shkalada kompleks baholashga asoslangan. To‘rtinchi yo‘nalish uchun belgilangan 40 ball tarkibiga rahbarning strategik loyihasini ko‘p baholovchili ekspert usulida himoya qilishi uchun ajratilgan 10 ball ham kiritilgan. Tadqiqot natijalari asosida reyting tizimining miqdoriy aniqligi, ko‘p o‘lchovliligi va ko‘p manbali baholashga asoslanganligi uning asosiy metodologik afzalliklari sifatida belgilanib, tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i399/443
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0