Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399
PISA XALQARO BAHOLASH DASTURI KONTEKSTIDA INGLIZ TILI DARSLARIDA MATNLARNI TANQIDIY TAHLIL QILISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturi (PISA) kontekstida ingliz tili darslarida o‘quvchilarning matnlarni tanqidiy tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etiladi. PISA dasturining o‘qish savodxonligi modelidagi “mulohaza yuritish va baholash” (reflect and evaluate) jarayonining mazmuni va tarkibiy qismlari – matn mazmunini va shaklini baholash tahlil qilinadi. Shuningdek, chet tili ta'limida tanqidiy savodxonlikni shakllantirishning zamonaviy nazariy modellari (To‘rt resurs modeli, sintezlovchi yondashuv, EFL tanqidiy savodxonlik modeli) ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonning PISA-2022 dasturidagi natijalari asosida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, xususan tanqidiy tahlil ko‘nikmalari darajasi tahlil qilinib, muammoning dolzarbligi asoslanadi. Maqola natijalari mavzu bo‘yicha keyingi empirik-metodik tadqiqotlar uchun nazariy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i399/442
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0