Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399

UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH KURSLARIDA INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING 4K KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI: MUSTAQIL TAYYORGARLIK ASOSIDAGI 4K-INTERAKTIV TA’LIM METODI (MTA-4K)

Gulbodom Ibrohimjon qizi Raximidinova

Аннотация · Abstract

Maqolada umumta’lim maktab ingliz tili o‘qituvchilarining 4K ko‘nikmalarini (tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, hamkorlik, muloqot) uzluksiz kasbiy rivojlantirish (UKR) kurslari orqali rivojlantirishga qaratilgan metodika yoritilgan. Tadqiqotda UKR kurslarining mavjud holati tahlil qilinib, ularning uchta asosiy kamchiligi – an’anaviy o‘qitish modeliga ortiqcha bog‘liqlik, kommunikativ kompetensiyaning yetarli rivojlanmaganligi hamda 4K ko‘nikmalar bo‘yicha mazmuniy cheklovlar aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida muallif tomonidan Mustaqil Tayyorgarlik Asosidagi 4K-interaktiv Ta’lim Metodi (MTA-4K) ishlab chiqildi. Metod olti bosqichdan (mustaqil tayyorgarlik, bilimni faollashtirish, muammoli yo‘naltirish, hamkorlikda yechim ishlab chiqish, ijodiy pedagogik mahsulot yaratish, taqdimot-refleksiya) iborat bo‘lib, har bir bosqich 4K kompetensiyalarining muayyan komponentini maqsadli rivojlantiradi. Tahlil natijalariga ko‘ra, metodning eng yuqori qo‘llanilish ulushi amaliy bosqichda (81%) qayd etilgan, MTA-4K tarkibida esa tanqidiy fikrlash (42,9%) va muloqot (35,7%) komponentlari yetakchi o‘rin egallaydi. UKR kursi modullari davomida baholash ko‘rsatkichlari (trener kuzatuvi, refleksiya kundaligi, professional portfel) barqaror o‘sish dinamikasini namoyon etdi (35-45% dan 84-90% gacha), regressiya tahlili esa modul omilining 4K ko‘nikmalari rivojlanishiga ijobiy ta’sirini tasdiqladi (R²=0,500). An’anaviy yondashuv bilan solishtirilganda MTA-4K metodi barcha 4K komponentlari bo‘yicha 30-40 foiz punktga yuqori natija berdi. Ishlab chiqilgan didaktik model maqsadli, mazmuniy, jarayonli, metodik va baholash-natijaviy komponentlarning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib, ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetensiyasini kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details