Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399

RAHBAR KADRLAR MALAKASINI OSHIRISHNI RAQAMLI BOSHQARISHNING NORMATIV-HUQUQIY VA KONSEPTUAL ASOSLARI

G‘olibjon Ro‘zimurodovich Otamurodov

Аннотация · Abstract

Maqolada rahbar kadrlar malakasini oshirish jarayonini raqamli boshqarishning normativ-huquqiy va konseptual asoslari tahlil qilingan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Prezident hujjatlari va hukumat qarorlari mazmuniy tahlil asosida o‘rganilib, raqamli boshqaruvga oid meyoriy asosning to‘rt darajali tizimi asoslangan. Xalqaro tashkilotlarning (UNESCO, OECD, Yevropa Komissiyasi, Jahon banki) konseptual hujjatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning milliy amaliyot uchun ahamiyati aniqlangan. Tadqiqot doirasida raqamli boshqaruvning tizimli, kompetensiyaviy, andragogik, ma’lumotlarga asoslangan va servis yondashuvlarini birlashtiruvchi konseptual asoslari tizimlashtirilgan hamda normativ-huquqiy asosdan boshqaruv qaroriga qadar bo‘lgan besh qatlamli integrativ model taklif etilgan. Amaldagi meyoriy asosdagi to‘rtta muhim bo‘shliq aniqlanib, ularni bartaraf etishning to‘rt bosqichli yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

Сведения · Details