Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399
TA’LIM MUASSASALARI RAHBAR KADRLARINING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHINI BOSHQARISHNING NAZARIY MODELLARI VA XORIJIY TAJRIBA
Аннотация · Abstract
Maqolada ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarishning nazariy-metodologik asoslari va xorijiy mamlakatlar tajribasi qiyosiy tahlil qilinadi. Andragogik, tajribaviy-refleksiv, kompetensiyaviy (standartga asoslangan), karyera bosqichlariga tayangan, liderlikni rivojlantirish hamda tarmoqli-jamoaviy o‘rganish modellarining mohiyati, imkoniyatlari va cheklovlari ochib berilgan. Singapur, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Estoniya tajribasi asosida rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash, sertifikatlash va kasbiy rivojlantirishning institutsional mexanizmlari tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijasida rahbar kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini boshqarishning olti bosqichli integrativ modeli, xorijiy tajribaning uch tipologik ko‘rinishi hamda modelni O‘zbekiston sharoitida bosqichma-bosqich joriy etishning tashkiliy-pedagogik takliflari ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i399/435
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0