Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA INTERFAOL METODLAR ORQALI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Madina Muxammadjon qizi Shukurullayeva

Аннотация · Abstract

Maqolada inklyuziv ta’lim muhitida o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlardan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilingan. Inklyuziv sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi, o‘z fikrini ifodalashi va hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etishining ahamiyati asoslangan. Kommunikativ ko‘nikmalarning axborot-kommunikativ, nazorat-kommunikativ va affektiv-kommunikativ tarkibiy jihatlari yoritilgan. “Aqliy hujum”, “Rolli o‘yin”, “Bahs-munozara”, “Juftlikda ishlash” va “Kichik guruhlarda ishlash” metodlarining kommunikativ rivojlanishga ta’siri tahlil etilgan. Interfaol metodlarni alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarning individual imkoniyatlariga moslashtirish zarurati aniqlangan. Nazariy tahlil asosida kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishning asosiy pedagogik shart-sharoitlari tizimlashtirilgan. Tadqiqot natijalari interfaol metodlardan maqsadli foydalanish o‘quvchilarning nutqiy faolligi, hamkorligi va ijtimoiy moslashuvini rivojlantirish imkoniyatini kengaytirishini ko‘rsatadi.

Сведения · Details