Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA BOSHQARUV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Eldor Uktamjonovich Xudoyberdiyev

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar o‘rganilib, umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati kuzatilgan. Kuzatuvlar asosida maktab boshqaruvida strategik maqsadlardan chalg‘ish, rahbarlik kompetensiyalaridagi ayrim bo‘shliqlar, pedagogik jamoada hamkorlik muammolari, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish, raqamli kompetensiya va sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek, ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlik kabi muammolar aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, samarali maktab boshqaruvi strategik boshqaruv, rahbar kompetensiyasi va pedagogik liderlik, ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish, innovatsion va raqamli boshqaruv, hamkorlik hamda monitoring va qayta aloqa mexanizmlarining o‘zaro integratsiyasiga asoslangan. Maqolada maktab boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Сведения · Details