Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399

UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDA PEDAGOGLARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Azizjon Muxammadsaidovich Gaffarov

Аннотация · Abstract

Maqolada uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida pedagoglarning mustaqil ta’limini tashkil etishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Pedagogning kasbiy ehtiyojlarini diagnostika qilish, individual maqsadlarni belgilash, mustaqil ta’limni rejalashtirish, uni amalga oshirish, natijalarni pedagogik amaliyotga transformatsiya qilish, monitoring, refleksiya va korreksiya jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Mustaqil ta’lim pedagogning epizodik shaxsiy faoliyati emas, balki uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlovchi boshqariladigan siklik jarayon sifatida talqin etilgan. Tizimlilik, subyektlilik, diagnostik asoslanganlik, individuallashtirish, amaliyotga yo‘naltirilganlik, refleksivlik va uzluksizlik tamoyillarining metodologik ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijasida pedagog mustaqil ta’limini «kasbiy ehtiyoj diagnostikasi → individual maqsad → rejalashtirish → mustaqil ta’lim → amaliyotga transformatsiya → monitoring va refleksiya → baholash → korreksiya → yangi kasbiy ehtiyoj» mantig‘i asosida tashkil etishning konseptual modeli taklif etilgan.

Сведения · Details