Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 399

MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING MAʼNAVIY-AXLOQIY KAMOLOTIDA OILA VA MAKTABLARDA OʻRGANILADIGAN TOPISHMOQLARNING TAʼLIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI VA MAZMUNI

Azizbek Anvarjonovich Turdiyev

Аннотация · Abstract

Maqolada oʻzbek xalq topishmoqlarining maktab yoshidagi bolalar kognitiv va maʼnaviy-axloqiy kamolotidagi oʻrni kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy eʼtibori topishmoqning faqat javob topishga xizmat qiluvchi oʻyin emas, balki bolaning kuzatishi, taqqoslashi, belgilarni tizimlashtirishi, taxmin qilishi, xulosani asoslay olishi va oʻz fikrlash jarayonini qayta koʻrib chiqishiga imkon beruvchi kichik hajmli, ammo yuqori kognitiv yuklamaga ega folklor matni ekanini ochib berishga qaratilgan. Shuningdek, topishmoqlarning metaforik tabiati, paradoksal tuzilishi, bilvosita dalilga tayanganligi va refleksiv imkoniyatlari maʼnaviy-axloqiy tarbiya bilan bogʻlanadi. Maqolada oila va maktabning tarbiyaviy hamkorligida topishmoqdan foydalanishning amaliy modeli taklif etilib, uning milliy madaniy merosni saqlash, avlodlararo muloqotni kuchaytirish va bolaning mustaqil fikrlashini qoʻllab-quvvatlashdagi imkoniyatlari asoslanadi.

Сведения · Details