Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 382

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SINGAPUR VA FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI INTEGRATSIYALASH ASOSIDAGI INNOVATSION METODLAR TIZIMI

Mahliyo Usmon qizi Xolmurodova

Аннотация · Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashini shakllantirish hamda kommunikativ ko‘nikmalarini takomillashtirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda ona tili kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilib, Singapur va Finlandiya ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan samarali pedagogik yondashuvlarning qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot davomida xalqaro tajribalar milliy ta’lim tizimi talablari bilan uyg‘unlashtirilib, “Lingvistik konstruktor”, “Matn detektivi”, “3D fikrlash” metodlaridan iborat innovatsion metodlar tizimi taklif etilgan. Keltirilgan metodlar o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, bog‘lanishli nutqini rivojlantirish, ijodiy va tanqidiy fikrlashini shakllantirish, shuningdek, dars jarayonida faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari mazkur metodlar boshlang‘ich sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirish, xalqaro pedagogik tajribalarni milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish hamda kompetensiyaviy yondashuvni amaliyotga samarali joriy etish imkonini berishini ko‘rsatadi.

Сведения · Details