Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 382

UMUMTAʼLIM MUASSASALARI RAHBARLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA XORIJIY VA MILLIY TAJRIBA

Ilyosbek Ilxomovich Sharipov

Аннотация · Abstract

Maqolada umumtaʼlim muassasalari rahbarlarining kasbiy kompetentligini shakllantirish masalalari xorijiy va milliy ilmiy-pedagogik tajriba qiyosida tahlil qilingan. Kasbiy kompetentlik kalit, tayanch va maxsus kompetensiyalarning oʻzaro bogʻliq va bir-birini toʻldiruvchi integrativ tizimi sifatida asoslangan. Tadqiqotda DeSeCo (OECD) loyihasi, Boloniya jarayoni hujjatlari, Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan menejerlar kompetentligi standarti, “soft skills” va emotsional intellekt konsepsiyalari hamda milliy tadqiqotchilarning yondashuvlari oʻrganildi.

Сведения · Details