Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 382
ESG STANDARTLARINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AMALIY QO‘LLANILISHI: TALABALAR FIKRI ASOSIDAGI EMPIRIK TAHLIL
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasasida ESG (Standards and Guidelines for Quality Assurance in the European Higher Education Area) tamoyillarining amaliy qo‘llanilish holati talabalar fikri asosida empirik tahlil qilindi. Tadqiqot davomida professor-o‘qituvchilarning dars berish sifati, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim, baholash tizimining shaffofligi hamda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlari o‘rganildi. So‘rovnoma natijalari statistik tahlil qilinib, ESG standartlarining ayrim komponentlari oliy ta’lim muassasasida samarali qo‘llanilayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, baholash tizimi, feedback mexanizmlari va raqamli infratuzilmani takomillashtirish zarurligi qayd etildi. Tadqiqot yakunida ESG tamoyillarini takomillashtirishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i382/387
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0