Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 354

RAHBARLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARNING QO‘LLANILISHI

Jasurbek Komilovich Salayev

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada rahbarlik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida xalqaro tajribalarning ahamiyati va ularni milliy boshqaruv amaliyotiga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot doirasida AQSh, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Koreya hamda Yaponiya kabi mamlakatlarning rahbar kadrlarni tayyorlash va ularning kasbiy salohiyatini oshirish borasidagi ilg‘or yondashuvlari tahlil qilingan. Maqolada kompetensiyaviy yondashuv nazariyasi, transformatsion rahbarlik konsepsiyasi va uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillari asosida xalqaro modellarning O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilishi bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, taklif etilayotgan yondashuvlar ta’lim muassasalari, davlat boshqaruvi organlari va xususiy sektor tashkilotlarida rahbarlik sifatini tubdan yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Сведения · Details