Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 354
O‘ZBEKISTONDA O‘QITUVCHILARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHI: JAHON TAJRIBASI VA MILLIY TA’LIM SIYOSATI TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqola o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi (keyingi o‘rinlarda UKR) sohasidagi jahon tajribasini va O‘zbekistondagi amaldagi holatni qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot adabiyotlarni ko‘rib chiqish va ta’lim siyosatini qiyosiy o‘rganish metodlaridan foydalanib amalga oshirilgan. Maqolada Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya va AQShning o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish modellari Kennedy nazariy doirasi asosida tahlil qilingan. O‘zbekistondagi ta’lim islohoti jarayonida qabul qilingan qarorlar va yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistondagi UKR tizimi transformativ yondashuvlarga o‘tish yo‘lida muhim qadamlar qo‘ygan bo‘lsa-da, bir qator institutsional va metodologik muammolar mavjud bo‘lib, ularni hal etish uchun xalqaro tajribadan ijodiy foydalanish zarur. Maqola natijasida O‘zbekiston uchun UKR siyosatini takomillashtirish bo‘yicha asosli tavsiyalar taklif etilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i309/369
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0