Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309

SENSOMOTORIKA MASHQLARI RIVOJLANISHINING TARIXIY BOSQICHLARI

Lobarxon Akramjonovna Xurramova

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada pedagogika sohasi uchun sensomotorika (sezgi a’zolari orqali bajariladigan mashqlar turkumi) mashqlarining alohida metodika sifatida kirib kelishi hamda antik davrlar, o‘rta va yangi asrlar bosqichlarida mazkur mashqlardan foydalanish shakllariga oid tarixiy bosqichlar haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, xalq pedagogikasida sensomotorik mashqlardan mehnat birligi sifatida foydalanib kelingani hamda mazkur metodikadan mashhur pedagoglardan I. G. Pestalozzi, F.Frobellar qay tarzda foydalangani haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, sensomotorik mashqlar rivojida “motor education” yoki “kinestetik ta’lim” tushunchasi shakllangani to‘g‘risida yoritilgan. Mashhur pedagogik nazariyachilar va neyropsixologlarning ham sensomotorika, xususan, qo‘l mashqlariga oid nazariy qarashlari ham aks etgan ushbu maqolada taniqli italiyalik pedagog M.Montessori nazariyasi mazkur mashqlar turkumi uchun asos qilib olinganiga oid qarashlar ham mavjud. Bundan tashqari, o‘zbek tadqiqotchilarining ham izlanishlanishlaridan fikrlar batafsil yoritilgandir.

Сведения · Details