Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309

INKLYUZIV TA’LIMDA PEDAGOGIK-DIAGNOSTIK TAHLIL: XALQARO TAJRIBA ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILAR KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH

Shaxnoza Mamirjon qizi Abduvaxobova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida pedagogik-diagnostik tahlilning mazmuni, vazifalari va bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, bilish imkoniyatlari, ijtimoiy-emotsional holati va rivojlanish dinamikasini aniqlashda diagnostik yondashuvning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, Finlyandiya, Kanada va Yaponiya tajribalari misolida inklyuziv ta’limda baholash, monitoring, individual rejalashtirish hamda ilmiy-diagnostik metodlardan foydalanishning samarali jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada pedagogik diagnostika faqat o‘quvchi bilimini baholash vositasi emas, balki ta’lim jarayonini moslashtirish, qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish va o‘qituvchi faoliyatini takomillashtirish mexanizmi sifatida talqin etiladi. Xulosa sifatida bo‘lajak o‘qituvchilarda diagnostik kuzatuv, individual yondashuv va pedagogik moslashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish inklyuziv ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti ekanligi ta’kidlanadi.

Сведения · Details