Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309

ZIDDIYATLI VAZIYATLARDA AFFEKTIV HOLATLARNING YUZAGA KELISHIDA MAKTAB MUHITI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANT SIFATIDA

Xilola Gulamovna Xolikova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida, shuningdek, tengdoshlar guruhida yuzaga keladigan ziddiyatli vaziyatlarda affektiv holatlarning paydo bo‘lish mexanizmlari ijtimoiy-psixologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maktab muhiti o‘quvchilarning hissiy-irodaviy sohasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy determinant sifatida qaralib, nosog‘lom ijtimoiy-psixologik iqlimning stress, frustratsiya va affekt holatlariga olib kelishi ilmiy asoslangan. Tadqiqotda pedagogik muloqotdagi xatolar, intizomiy ziddiyatlar va bulling holatlarining o‘smirlar ruhiyatiga ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, maktab psixologining ziddiyatlarni bartaraf etish va sog‘lom muhitni shakllantirishdagi roli, o‘qituvchilarning emotsional regulyatsiyasi o‘quvchilarning akademik va hissiy farovonligiga qanday ta’sir qilishi xalqaro va mahalliy tajribalar asosida yoritilgan. Olingan xulosalar ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni takomillashtirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Сведения · Details