Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309

KREATIV YONDASHUVNING PEDAGOGIKA NAZARIYASIDAGI MOHIYATI VA O‘QUVCHILARNING IJODIY-ESTETIK RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI: XORIJIY TAJRIBALAR TAHLILI

Feruza Nazarbayevna Alkarova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada kreativ yondashuvning pedagogika nazariyasidagi mohiyati hamda uning umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarini ijodiy-estetik rivojlantirishdagi o‘rni xalqaro tajriba prizmasi orqali tahlil qilingan. “Kreativlik”, “ijod” va “innovatsion tafakkur” tushunchalarining nazariy talqini berilib, ularning bir-biridan farq qiluvchi va o‘zaro to‘ldiruvchi jihatlari ochib berilgan. Maqolada AQSh, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya hamda yetakchi Yevropa mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya) tajribalari yetti mezon bo‘yicha qiyoslangan; texnologiya ta’limida o‘quvchilarda estetik jihozlash ko‘nikmasini rivojlantiruvchi besh tarkibiy mexanizm taklif etilgan. Olingan natijalar mahalliy ta’lim amaliyotini takomillashtirishda nazariy va metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения · Details