Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309
GEOMETRIK MASALALARNI TENGLAMALAR SISTEMASI YORDAMIDA YECHISH
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada geometrik masalalarni yechishda tenglamalar sistemasi yordamida algebraik yondashuvni qo‘llashning ilmiy-metodik asoslari tahlil qilingan. Geometrik va algebraik usullarni integratsiyalash orqali murakkab masalalarni yechish samaradorligi asoslab berilgan. Xususan, uchburchaklarga doir masalalarda yuzalar va kesmalar orasidagi bog‘lanishlarni tenglamalar sistemasi orqali ifodalash, noma’lum miqdorlarni aniqlash va natijalarni tahlil qilish usullari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, taklif etilgan yondashuv o‘quvchilarning matematik modellashtirish, mantiqiy fikrlash va muammoni turli usullar orqali yechish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu metodika matematika ta’limida formalizmni kamaytirish va o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyatini faollashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i309/345
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0