Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309

TA’LIM MUASSASALARIDA MARKETING FAOLIYATINI INTEGRATSIYALASHGAN BOSHQARUVI: SMART – EDU MODELI VA TMI INDEKSI ASOSIDA YONDASHUV

Gavhar Karimjon qizi Yo'ldosheva

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida raqobatning kuchayishi, iste’molchilar ehtiyojlarining o‘zgaruvchanligi hamda xizmatlar sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi marketing faoliyatini tizimli yondashuv asosida tashkil etishni talab etmoqda. Tadqiqot doirasida ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini integratsiyalashgan boshqarish imkonini beruvchi SMART – EDU modeli taklif etilgan. Ushbu model ehtiyojlarni o‘rganishdan boshlab strategiyani ishlab chiqish, amaliy joriy etish, monitoring va takomillashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Shuningdek, marketing samaradorligini baholash uchun TMI (Ta’lim marketing indeksi) ishlab chiqilib, uning asosiy tarkibiy ko‘rsatkichlari sifatida qoniqish darajasi, qamrov, imij va xizmat sifati indikatorlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini tizimli va natijador boshqarish imkonini beradi.

Сведения · Details