Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISHINI TA’MINLASH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Zarifa Xaitmuratovna Shukurova

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash masalasi tizimli va qiyosiy tahlil asosida o‘rganildi. Tadqiqot doirasida Yevropa mamlakatlari, AQSh, Finlandiya, Janubiy Koreya va Singapur ta’lim tizimlarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos jihatlari aniqlandi. Tadqiqot natijasida mazkur davlatlarda pedagoglarning kasbiy rivojlanishi kompetensiyaga asoslangan yondashuv, individuallashtirilgan o‘qitish strategiyalari hamda raqamli texnologiyalar bilan integratsiyalashgan holda amalga oshirilishi ko‘rsatildi. Maqolada DigCompEdu modeli, ISTE standartlari, “smart education” konsepsiyasi hamda “Teacher Growth Model”ning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati yoritildi. Shuningdek, lifelong learning, blended learning, microlearning va Professional Learning Communities (PLC) kabi innovatsion yondashuvlarning pedagoglar kasbiy rivojlanishidagi o‘rni ochib berildi. Xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish zarurligi asoslanib, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini takomillashtirish bo‘yicha mualliflik xulosalari ishlab chiqildi.

Сведения · Details