Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, № 309
RAQAMLI VA QOG‘OZ FORMATDAGI MATNLARNI O‘QIB TUSHUNISH, DIQQAT VA LUG‘AT O‘ZLASHTIRISHNING QIYOSIY TAHLILI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada xorijiy ilmiy tadqiqotlar tahlili asosida raqamli (ekran orqali) va qog‘oz formatdagi matnlarni o‘qishning o‘qib tushunish, diqqatni boshqarish va lug‘at o‘zlashtirish jarayonlariga ta’siri qiyosiy o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, qog‘ozda o‘qish, ayniqsa murakkab va axborotli matnlarni hamda vaqt cheklangan vaziyatlarda o‘qib tushunish bo‘yicha ustunlikka ega. Ekran orqali o‘qishda esa diqqatning chalg‘ishi, yuzaki qayta ishlash va metakognitiv xatoliklar (o‘z tushunchasini ortiqcha baholash) ko‘proq kuzatiladi. Shu bilan birga, raqamli o‘qish samaradorligi matn mazmuniga mos interaktiv elementlar, o‘rinli qo‘llanilgan lug‘at vositalari va ayniqsa kattalar ya’ni o‘qituvchi yoki ota-ona tomonidan ko‘rsatiladigan pedagogik qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lganda sezilarli darajada oshishi mumkin. Maqola yakunida boshlang‘ich ta’lim amaliyoti uchun oltita metodik tavsiya ishlab chiqilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.66023/mt/v_i309/336
- Журнал · Journal Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0