Central Asian Research Index

Maktab ta limi muammolar izlanishlar yechimlar, 2026, т. 2026, № 263

STEAM-TA’LIMI ELEMENTLARINI BOSHLANGʻICH TA’LIM DARSLARIGA INTEGRATSIYA QILISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Ataxonova Manzura Xusanjon qizi

Аннотация · Abstract

Ushbu ilmiy maqolada boshlangʻich ta’lim jarayonida fanlararo integratsiyani ta’minlashda STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvining samaradorligi oʻrganilgan. Tadqiqotda STEAM yondashuvining mazmuni, uning boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yosh va psixologik xususiyatlariga mosligi hamda integratsiyalashgan ta’limni tashkil etishdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada STEAM asosida tashkil etilgan darslar orqali ona tili, matematika, tabiatshunoslik, texnologiya va tasviriy san’at fanlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, oʻquvchilaeda bilimlarni yaxlit holda oʻzlashtirishga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. STEAM yondashuvi oʻquvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish hamda jamoada ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari STEAM yondashuvi boshlangʻich ta’limda fanlararo integratsiyani samarali tashkil etish, ta’lim jarayonini qiziqarli va hayot bilan uzviy bogʻlash hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim pedagogik vosita ekanligini koʻrsatadi.

Сведения · Details