Central Asian Research Index

MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 2025, с. 100-104

Oilada er va xotin nutqidagi gender jihatlarning oilaviy munosabatlarga ta’siri

Nomozova O‘g‘iloy Akmaljon qizi

Аннотация · Abstract

Muloqot inson hayotining barcha faoliyatida eng muhim va zarur jarayon hisoblanib, har bir faoliyatga sezilarli ta’sir ko‘rsata oladi. Shuningdek, oilada ham nutq odobi, muloqot jarayoni oilaviy munosabatlarga ham muhim ta’sir kuchiga ega omil sanaladi. Muloqotning gender, ya’ni jins bo‘yicha farqli belgilari, xususiyatlari mavjud bo‘lib, bu oilaviy muloqotda ham yaqqol aks etadi. Ushbu maqolada ham oilada er va xotin nutqidagi gender jihatlarning xususiyatlari hamda ularning oila a’zolar munosabatlariga, oila farovonligiga ta’siri yoritib berilgan. Mavzuni asoslash maqsadida o‘zbek va xorij olimlarining bu boradagi fikrlari tahlilga tortilgan

Сведения · Details