Central Asian Research Index

MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 2026, с. 149-156

Uchinchi Renessans – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining strategik omili

Turdiyev Bexruz Sobirovich

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda shakllanayotgan Uchinchi Renessans gʻoyasining nazariy asoslari, tarixiy ildizlari va zamonaviy taraqqiyotdagi oʻrni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda renessans tushunchasining mazmun-mohiyati ochib berilib, Birinchi (IX–XII asrlar) va Ikkinchi (XIV–XV asrlar) uygʻonish davrlarining Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti bilan uzviy bogʻliqligi asoslab berilgan. Uchinchi Renessans jamiyat ideosferasining sifat jihatdan yangilanishi, milliy tiklanishdan milliy yuksalish bosqichiga oʻtish jarayoni sifatida talqin etiladi. Maqolada ilm-fan, ta’lim tizimi, innovatsion iqtisodiyot va ma’naviy qadriyatlarning uygʻun rivoji Uchinchi Renessansning asosiy omillari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, mazkur konsepsiyaning mamlakatni barqaror rivojlantirish, inson kapitalini yuksaltirish va Oʻzbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin egallashidagi strategik ahamiyati ilmiy xulosalar asosida yoritilgan.

Сведения · Details