Central Asian Research Index

MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 2026, с. 57-60

Qizlar va oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi oʻrganish motivatsiyasidagi psixologik farqlar

Xodjayeva Dilnovoz Djumoyevna

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada qiz va o‘g‘il bolalarda o‘quv motivatsiyasining psixologik farqlari yoritilgan. O‘quv motivatsiyasining ichki va tashqi omillari, muvaffaqiyatga intilish, o‘ziga ishonch, o‘quv vazifasiga beriladigan subyektiv qiymat hamda ijtimoiy kutishlarning motivatsion jarayonlarga ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab sharoitida qiz va o‘g’il bolalarning o‘quv faoliyatiga munosabati, barqarorligi, mas’uliyati va natijaga yo‘naltirilganligi turlicha namoyon bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan. Maqolada gender farqlari biologik omil sifatida emas, balki ijtimoiylashuv, ta’lim muhiti, o‘qituvchi talablari, oilaviy kutishlar va individual-psixologik xususiyatlar bilan bog’liq murakkab hodisa sifatida talqin etiladi.

Сведения · Details