MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 2026, с. 20-25
Oʻzbekistonning xalqaro gender indekslaridagi pozitsiyasini yaxshilash yoʻnalishlari
Аннотация · Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonning xalqaro gender indekslaridagi pozitsiyasi indikatorlar dekompozitsiyasi asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Global Gender Gap Index, Gender Inequality Index, Women, Business and the Law, Women, Peace and Security Index, SDG Gender Index hamda Social Institutions and Gender Index kabi xalqaro o‘lchov tizimlari qiyosiy o‘rganildi. O‘zbekiston ta’lim, huquqiy islohotlar va siyosiy vakillik bo‘yicha muayyan ijobiy natijalarga erishayotgan bo‘lsa-da, ayollarning iqtisodiy faolligi, mehnat bozoridagi ulushi, moliyaviy inklyuziya, uy parvarishi iqtisodiyoti, gender zo‘ravonlikka qarshi ijro mexanizmlari va gender statistikasi sohalarida tizimli zaifliklar hamon saqlanib qolmoqda. Shu bois xalqaro indekslarda barqaror ko‘rsatkichga erishish uchun alohida qonunchilik islohotlari emas, balki indikatorlarga asoslangan kompleks siyosiy chora-tadbirlar paketi zarurdir. Maqolada “huquqiy islohotlar –institutsional mexanizmlar – byudjet va xizmatlar – ijtimoiy me’yorlar transformatsiyasi – real natija indikatorlari – xalqaro indekslarda yaxshilanish” zanjiri asosida ta’sir modeli ishlab chiqilishi xususida so‘z boradi.
Сведения · Details
- DOI 10.65185/mojgo.vi.654
- Журнал · Journal MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0