Central Asian Research Index

MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 2026, с. 44-49

Oila institutining ijtimoiy va falsafiy tahlili: an'anaviy qadriyatlar va zamonaviy tendentsiyalar

Tleuova Gulmira Ospanovna

Аннотация · Abstract

Mazkur maqolada oila instituti jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Oilaning asosiy funksiyalari va jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy rivojlanishiga ta’siri yoritib berilgan. Xususan, O‘zbekistonda oilaga xos an’anaviy qadriyatlar (kattalarga hurmat, jamoaviylik) hamda zamonaviy jarayonlar: urbanizatsiya, globallashuv va gender tenglikning oila muhitiga ta’siri kabilar tahlil qilingan. Oilada sodir bo‘layotgan dolzarb muammo (ajrashishlar sonining oshishi, tarbiyaviy vazifaning susayishi)lar ko‘rsatilib, jamiyat barqarorligi uchun oilani mustahkamlashning ahamiyati ta’kidlangan. Xulosa qismida oila jamiyatning asosiy qadriyati sifatida saqlanishi uchun oilaviy munosabatlarda an’ana va innovatsiyalarni uyg‘unlashtirish zarurligi asoslab berilgan.

Сведения · Details