MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali, 2026, с. 28-37
Barqaror rivojlanish kontekstida gender tengligi va xalqaro tajriba: til, siyosat va ijtimoiy diskurs uyg‘unligi
Аннотация · Abstract
Mazkur ilmiy maqola gender tengligi muammosini lingvistik, diskursiv va institutsional yondashuvlar asosida kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va Ispaniya tajribasini qiyosiy-chog‘ishtirma o‘rganish maqsad qilingan. Gender tengligi faqat normativ-huquqiy hujjatlar va davlat siyosati doirasida emas, balki jamiyatda muomalada bo‘lgan til, stereotip tushunchalar va diskurs orqali ham shakllanishi va reproduksiya qilinishi tadqiqotning asosiy g‘oyasi sifatida belgilangan. Shu bois, maqolada gender tengligiga oid rasmiy siyosat bilan bir qatorda, kundalik nutqda uchraydigan stereotip ibora, maqol va ijtimoiy diskurs namunalari o‘zbek, ingliz, ispan tillarida tahlil qilindi, ular orqali jamiyatda ayollarning ta’lim, bandlik va ijtimoiy faolligiga nisbatan mavjud qarashlarni aks ettiruvchi muhim lingvokulturologik markerlar aniqlandi. Maqola metodologik jihatdan kontekstual-chog‘ishtirma, diskursiv-tahliliy, statistik va institutsional yondashuvlarga tayanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG 5), UNDP va BMTning mamlakat bo‘yicha hisobotlari tadqiqotning normativ-huquqiy va empirik asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, AQSh va Ispaniyada gender tengligi sohasida amal qilayotgan huquqiy va institutsional mexanizmlar bilan qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil olib boriladi.
Сведения · Details
- DOI 10.65185/mojgo.vi.630
- Журнал · Journal MARKAZIY OSIYODA JAMIYAT GENDER VA OILA xalqaro ilmiy jurnali
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0
- Лицензия · License creativecommons.org/licenses/by/4.0