Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
PISTA MEVAXO‘RI (SCHNEIDERERIA PISTACIICOLA (DANILEVSKII, 1955)) NING FENOLOGIYASI
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti
Аннотация · Abstract
Maqolada pista mevaxo‘ri (Schneidereria pistaciicola (Danilevskii, 1955))ning Samarqand va Jizzax viloyatlari sharoitidagi biologik xususiyatlari, mavsumiy rivojlanish dinamikasi hamda pista hosiliga zarari yoritilgan. 2023–2025 yillarda olib borilgan kuzatuvlar natijasida zararkunandaning rivojlanish bosqichlari, tuxum qo‘yish muddatlari, lichinkalarning oziqlanish xususiyatlari va qishlovchi bosqichi o‘rganildi. Samarqand viloyati sharoitida pista mevaxo‘rining bir yilda uch avlod berib rivojlanishi aniqlandi. Olingan natijalar zararkunandaga qarshi kurash choralarini o‘z vaqtida tashkil etish va pista bog‘larida hosilni himoya qilish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-4612
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0