Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
POMIDOR F₁ DURAGAYLARIDA HOSILDORLIK BELGILARINING IRSIYLANISHI VA GETEROZIS
Guliston davlat universiteti
Аннотация · Abstract
Tadqiqotning maqsadi pomidorning 15 ta boshlang'ich manbasi va ular ishtirokida olingan 10 ta F₁ duragayida hosildorlik va uning tarkibiy qismlari – bitta meva vazni hamda bir tupdagi mevalar sonining irsiylanish xususiyatlarini baholashdan iborat. Tajribalar 2019–2025 yillarda o'tkazildi; belgilarning irsiylanish xarakteri Beil va Atkins bo'yicha fenotipik dominantlik darajasi (hp) orqali, geterozis esa ota-onalar o'rtachasi va yaxshi ota-ona qiymatiga nisbatan aniqlandi. Bitta meva vazni bo'yicha duragaylarning 30 foizida, mevalar soni bo'yicha 10 foizida va hosildorlik bo'yicha 30 foizida ijobiy o'ta dominantlik (hp > 1) qayd etildi. Eng yuqori hosildorlik Hilol F₁ (♀Ballada × ♂Lojain F₁; 123,4 t/ga, hp = +3,88) va Latif F₁ (♀AVTO14094 × ♂Xarkovskiy; 110,1 t/ga, hp = +3,60) duragaylarida olinib, ular yaxshi ota-onadan mos ravishda 32,7 va 52,3% ga ustun bo'ldi. ♀Kempbell × ♂Lojain F₁, ♀AVTO 14069 × ♂Xarkovskiy va ♀Rio-Grand × ♂N 9422 kombinatsiyalarida salbiy o'ta dominantlik (depressiya) kuzatildi. 25 ta genotip bo'yicha meva vazni va mevalar soni o'rtasida kuchli manfiy bog'liqlik (r = −0,75) aniqlandi, duragaylarda esa hosildorlik bo'yicha hp meva vazni bo'yicha hp bilan bog'liq bo'ldi (r = +0,82). Natijalar hosildorlik geterozisi ko'p jihatdan ota-ona juftining o'ziga xos kombinatsiyasiga bog'liqligini ko'rsatadi; Hilol F₁ va Latif F₁ istiqbolli yuqori hosilli duragaylar sifatida baholandi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-4611
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0