Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
TURLI TIPDAGI DASTALARDA O‘RALGAN PILLALARNING NAVDORLIK KO‘RSATKICHLARI
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O‘zbekiston
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada tut ipak qurti (Bombyx mori L.) tomonidan turli tipdagi (tabiiy va sun’iy) dastalarga o‘ragan pillalarning navdorlik ko‘rsatkichlari o‘rganiladi. Tadqiqotda dastaning konstruksiyasi va tuzilish xususiyatlarining qurtlarning dastaga joylashishi, pilla o‘rash jarayoni hamda hosil bo‘lgan pillalarning navdorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilinadi. Tatqiqotning asosiy maqsadi hosil bo‘lgan pillalarni navlarga ajratish bo‘ldi. Tajriba davomida 1-nav, 2-nav, navsiz, nostandart va qorapachoq pillalar navdorligi kabi ko‘rsatkichlar baholandi. Turli tipdagi dastalarga qurtlarning qulay joylashishi va pilla o‘rash sharoitiga ta’sir qilishi natijasida pillalarning tashqi ko‘rinishi, shakli, zichligi va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarida farqlar kuzatilishi aniqlandi. Olingan natijalar pilla yetishtirishda samarali dasta tipini tanlash navdor va sifatli pilla olishning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-4603
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0