Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
SHO‘RLANGAN TUPROQLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA G‘O‘ZAPOYADAN TAYYORLANGAN BIOCHARDAN FOYDALANISHNING AGROEKOLOGIK AHAMIYATI
TDAU
Аннотация · Abstract
Maqolada g‘o‘zapoyadan tayyorlangan biocharning sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar unumdorligini oshirishdagi agroekologik ahamiyati va dala tajribalarining dastlabki natijalari yoritilgan. Tadqiqotlar Namangan viloyati Mingbuloq tumanida beshta variant asosida tashkil etilgan tajriba maydonchasida olib borilmoqda. Tuproqning 0-40 sm qatlamidan olingan namunalar tahlilida pH 8,20-8,30, elektr o‘tkazuvchanlik 2,18-2,31 mSm/cm, quruq qoldiq 1,160-1,226% oralig‘ida ekanligi aniqlangan.. Olingan natijalar biocharning tuproq sho‘rlanishi va agrokimyoviy xossalariga ta’sirini keyingi bosqichlarda baholash uchun dastlabki ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-4597
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0