Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

ELEKTROSTIMULYATSIYA VA BIOLOGIK FAOL MODDALARNING KARTOSHKA ASSIMILYATSIYA YUZASIGA TA’SIRI

Nasriddin Samaridinovich Kuchkorov

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Аннотация · Abstract

Ushbu tadqiqotda kartoshkaning Baxro-30, Arizona va Sante navlarida urug‘lik tuganaklarini ekish oldidan hamda o‘simliklarni shonalash davrida elektravjlantirish va Mister Power biologik faol moddasi bilan qo‘shimcha oziqlantirishning o‘simliklarning assimilyatsiya yuzasiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektravjlantirish hamda biologik faol modda qo‘llanilgan variantlarda barg yuzasi nazoratga nisbatan sezilarli darajada ortdi. Eng yuqori assimilyatsiya yuzasi elektravjlantirish va Mister Power preparatini birgalikda qo‘llash natijasida kuzatildi. Ushbu agrotexnik usullarni qo‘llash natijasida kartoshka navlarida assimilyatsiya yuzasi nazorat variantiga nisbatan 13,8–21,3 % ga oshishi aniqlandi.

Сведения · Details