Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA SHIRIN MAKKAJO‘XORI AGROBIOTSENOZIDA TUNLAMLAR (NOCTUIDAE)NING TUR TARKIBI VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Alisher O‘lmasovich Maxmatmurodov, Shodmon Ergash o‘g‘li Negmatov

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Аннотация · Abstract

Maqolada Samarqand viloyati sharoitida shirin makkajo‘xori agrobiotsenozida uchraydigan tunlamlar (Noctuidae)ning tur tarkibi, uchrash darajasi hamda asosiy turlarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar 2024-2026-yillar davomida shirin makkajo‘xori maydonlarida olib borilib, tunlamlarning tarqalishi va o‘simlikka zarar yetkazish xususiyatlari kuzatilgan. Olib borilgan kuzatuvlar natijasida Noctuidae oilasiga mansub 6 ta zararkunanda turi qayd etilgan. Jumladan, g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) va kuzgi tunlam (Agrotis segetum) yuqori darajada uchrashi, undov tunlami (Agrotis exclamationis) hamda beda tunlami (Heliothis viriplaca) o‘rtacha, gamma tunlami (Autographa gamma) va metal rang tunlami (Syngrapha circumflexa) esa nisbatan kam uchrashi aniqlangan. Tadqiqotlarda kuzgi tunlam va g‘o‘za tunlamining rivojlanish bosqichlari, oziqlanish xususiyatlari, mavsumiy rivojlanishi hamda shirin makkajo‘xori o‘simligining turli organlariga zarar yetkazish xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan. Olingan natijalar shirin makkajo‘xori agrobiotsenozida asosiy tunlam turlarini aniqlash, ularning tarqalishi va rivojlanishini monitoring qilish hamda ularga qarshi samarali himoya tadbirlarini ishlab chiqishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Сведения · Details