Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

LALMIKOR HUDUDLAR UCHUN QATTIQ BUG‘DOYNING ISSIQLIKKA CHIDAMLI BOSHLANG‘ICH MANBALARINI TANLASH VA BAHOLASH

Laziz Baxtiyor o‘g‘li Mavlanov, Javohir Sarvar o‘g‘li Mavlanov, Farrux Baxtiyorovich Amanov

Baxmal ilmiy tajriba stansiyasi
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Mazkur ilmiy tadqiqotda lalmikor hududlar sharoitida qattiq bug‘doy nav namunalarining issiqlikka chidamliligi laboratoriya va dala usullarida atroflicha baholandi. Tadqiqot natijasida yuqori unuvchanlik va oqsil koagulyatsiyasi ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, stress omillariga bardoshli 12 ta istiqbolli nav namunasi tanlab olindi. Aniqlangan ushbu qimmatli boshlang‘ich manbalar kelgusida qurg‘oqchilik va issiqlikka chidamli yangi navlarni yaratish bo‘yicha olib boriladigan seleksiya ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Сведения · Details