Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TURLI MULCHALASH USULLARINING KARTOSHKA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Salamat Bekmurotovich Xojamurotov, Rustam Axrolovich Nizomov

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti

Аннотация · Abstract

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida kartoshkaning «Toshkent ertagisi» va «O‘zbekiston qizili» navlarini yetishtirishda turli mulchalash usullarining fenologik rivojlanishi, biometrik ko‘rsatkichlari va hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda mulchasiz nazorat, apilka, qo‘y go‘ngi, oq va qora plyonka hamda agrovolokno bilan mulchalash usullari taqqoslangan. Natijalarga ko‘ra, agrovolokno bilan mulchalash har ikki navda ham eng yuqori hosildorlikni ta’minlagan. «Toshkent ertagisi» navida hosildorlik 31,2 t/ga, «O‘zbekiston qizili» navida esa 30,7 t/ga ni tashkil etgan. Shuningdek, agrovolokno qo‘llanilganda o‘simliklarning fenologik rivojlanishi tezlashib, biometrik ko‘rsatkichlari yaxshilangan. Olingan natijalar kartoshka yetishtirish texnologiyasini takomillashtirishda samarali mulchalash usulini tanlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения · Details