Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
ERTAPISHAR OLMA NAVLARINING O‘SISH KUCHI VA BARG APPARATINING NAV XUSUSIYATLARI
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti
Qishloq xo‘jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti
Аннотация · Abstract
Maqolada Toshkent viloyati sharoitida MM106 payvandtagida o‘stirilgan 10 ta ertapishar olma navining daraxt bo‘yi, shox-shabba kengligi, shtamb diametri, novdalar uzunligi va barg apparati ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024–2026 yillardagi natijalar keltirilgan. Mahalliy navlar (Katta Jonaqi, Jonaqi letniy, Qizil Jonaqi) kuchli o‘suvchi bo‘lib, Katta Jonaqida daraxt bo‘yi 3,51 m, bir daraxtning barg sathi 51,0 m² ni tashkil etdi. Introduksiya navlari orasida Yelena (2,85 m; 2,42 m) va Pristin (2,95 m; 2,50 m) eng ixcham bo‘ldi. Barg sathi bilan hosildorlik o‘rtasida ijobiy bog‘liqlik (r = 0,65) aniqlandi. Ixcham navlar intensiv bog‘lar va ixcham daraxtli navlar seleksiyasi uchun tavsiya etiladi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3247
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0