Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA USTI YOPIQ INSHOOTDA QURITILGAN ISTIQBOLLI ANJIR NAVLARINING MEXANIK VA BIOKIMYOVIY KO‘RSATKICHLARI

Shaxzod Abdulla o‘g‘li Ganiyev

Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Maqolada Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasi sharoitida (2022–2024 yy.) usti yopiq inshoot ostida quritilgan anjirning 6 ta istiqbolli navi (Uzbekskiy jeltiy — nazorat, Qrim 9, Qrim 29, Qrim 43, Karshinskiy chyorniy, Dalmatskiy) mevalarining mexanik va biokimyoviy ko‘rsatkichlari kompleks qiyosiy tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari degidratatsiya jarayonida mevalarning chiziqli o‘lchamlari, massasi va ozuqaviy komponentlarining jamlanishi nav xususiyatlariga ko‘ra keskin farqlanishini ko‘rsatdi. Xususan, Dalmatskiy navi meva uzunligi (27,5±2,0 mm) va bir dona meva vazni (10,4±1,1 g) bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, nazoratga nisbatan mos ravishda 174,1 va 115,6 foizlik samaradorlik namoyon qildi. Ushbu navda quruq modda miqdori ham maksimal qiymatga (84,82±8,71%) yetdi. Qrim 43 navi rekord darajadagi umumiy qand (77,02±14,60%) to‘plash qobiliyati bilan, Qrim 29 navi esa past umumiy kislotalik (0,64±0,42%) hisobiga eng yuqori qand-kislota indeksi (115,25±103,60) bilan ajralib turdi. Olingan natijalar asosida Dalmatskiy va Uzbekskiy jeltiy navlarini yirik o‘lchamli oliy navli butun qoqi ishlab chiqarish uchun, qand miqdori yuqori bo‘lgan Qrim guruhi navlarini esa qandolatchilik va funksional oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo sifatida tavsiya etish maqsadga muvofiq deb topildi.

Сведения · Details