Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
XORIJ DURAGAYI “LIANGGUANGZHENGJIAO” IPAK QURTLARIDA PEBRINA KASALLIGIGA QARSHI QO‘LLANILGAN NANOPREPARATLARNING PILLA MAHSULDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Ipakchilik ITI
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada xorij duragayi “Liangguangzhengjiao” ipak qurtlarida pebrina kasalligiga qarshi turli tarkib va konsentratsiyadagi preparatlarni qo‘llashning pilla mahsuldorligi hamda ipakchanlik ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Tajribada NAXZ (4:1:0,5) – 0,26 %, NAXZ (3:1:0,5) – 0,025 %, NAXZ (4:1:0,25) – 0,05 % va XZ (0,5) – 0,05 % variantlari hamda sog‘lom va pebrina bilan kasallangan qurtlardan iborat nazorat guruhlari taqqoslangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pilla vazni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich sog‘lom nazorat guruhida 1,72 g ni tashkil etgan bo‘lsa, tajriba variantlari orasida XZ (0,5) – 0,05 % qo‘llanilgan guruhda 1,65 g ga teng bo‘lgan. Pilla qobig‘i vazni ushbu variantda 0,36 g, ipakchanlik esa 21,8 % ni tashkil etdi. Eng yuqori ipakchanlik sog‘lom nazorat guruhida – 22,1 % qayd etildi. Pebrina bilan kasallangan nazorat guruhida esa pilla vazni 1,57 g, ipakchanlik 19,7 % bo‘lib, sog‘lom nazoratga nisbatan mahsuldorlik ko‘rsatkichlari pasaygan. Olingan natijalar ayrim preparat variantlari ipak qurtlarining pilla mahsuldorligini saqlash va ipakchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ijobiy samara berishini ko‘rsatadi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3244
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0