Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
MAGNIT SORBENTLI TOZALASH TEXNOLOGIYASINING ATROF-MUHITGA TA’SIRI VA TOZALANGAN ZOVUR SUVINI SUG‘ORISHDA QAYTA ISHLATISHNING AGROTEXNIK TAVSIYALARI
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, «Agronomiya» kafedrasi, Navoiy sh., O‘zbekiston
Аннотация · Abstract
Maqolada Qizilqum mintaqasining oksianionlar (Mo, Se, U, As, V) bilan ifloslangan zovur suvini ikki bosqichli – Ca(OH)₂ bilan ishqoriy cho‘ktirish va faollashtirilgan Tebinbuloq titanomagnetiti asosidagi magnit sorbent bilan sorbsion tozalash texnologiyasining ekologik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. 1000 m³/sut quvvatli stansiya uchun uglerod izi hisoblanib, u 0,391 kg CO₂-ekv/m³ ni tashkil etishi, emissiyaning asosiy ulushi elektr energiyasi (48,3 %) va ohak ishlab chiqarish (36,4 %) hissasiga to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan. Yiliga 300 ming m³ suvni tozalashda suv tarkibidan 29,08 kg toksik element chiqarilishi, tozalangan suv bilan sug‘orilganda haydalma qatlamga tushadigan element yuklamasi 8,3–50 barobar kamayishi asoslangan. Texnologiyaning umumiy minerallashuvni pasaytirmasligi cheklovi e’tiborga olinib, tozalangan suvni sug‘orishda qo‘llashning agrotexnik shartlari (yuvish normasi, drenaj, tuz-chidamli ekinlar, kupajlash, monitoring) tavsiya etilgan.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3238
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0