Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA BROKKOLI KARAMINI TURLI EKISH MUDDATLARI VA SXEMALARIDA YETISHTIRISHNING HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Nodira Abduzokir qizi Xudoyberdiyeva, Norqobil Jo’rayevich Nurmatov

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Termiz davlat pedagogika instituti

Аннотация · Abstract

Maqolada Surxondaryo viloyatining tuproq-iqlim sharoitida brokkoli karami F1 Naxos duragayini turli ekish muddatlari va sxemalarida yetishtirishning karamboshlar biometrik ko‘rsatkichlari hamda hosildorligiga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlar 2023–2025-yillarda olib borilib, brokkoli karami 20-iyul, 1-avgust va 10-avgust muddatlarida 70×30, 70×40 va 70×50 sm ekish sxemalarida yetishtirildi. Tadqiqot natijalari ekish muddatlari va sxemalari markaziy hamda yon karamboshlarning diametri, vazni, asosiy, qo‘shimcha va umumiy hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etishini ko‘rsatdi. Ekish sxemasi kengayishi bilan alohida karamboshlarning diametri va vazni, asosan, ortib bordi. Biroq eng yuqori individual karambosh vazni har doim ham eng yuqori umumiy hosildorlikni ta’minlamasligi aniqlandi. O‘rganilgan variantlar orasida eng yuqori umumiy hosildorlik 20-iyulda 70×40 sm sxemada ekilgan variantda qayd etilib, 25,1 t/ga ni tashkil etdi. Bu 70×30 sm sxemadagi nazorat variantiga nisbatan 3,7 t/ga yoki 17,3% yuqori bo‘ldi. Natijalar Surxondaryo viloyati sharoitida brokkoli karami F1 Naxos duragayidan yuqori hosil olishda ekish muddatlari va sxemalarini o‘zaro bog‘liqlikda tanlash muhimligini ko‘rsatadi.

Сведения · Details