Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

TURLI BIOPREPARATLARNI TAKRORIY EKILGAN SOYANING HOSIL STRUKTURASINI SHAKLLANISHIGA VA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI

Dilshod Tursumamatovich Ergashev, Muqaddas G’ofurjon qizi Yusubjonova

Namangan davlat universiteti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada turli o‘sish stimulyatorlari (fitobiosol, H-48 va C-23) ning soya o‘simligining unib chiqishiga, o‘sish va rivojlanish xususiyatlariga hamda hosildorligiga ta’siri kompleks ravishda o‘rganilgan. Soya o‘simligi tarkibida yuqori miqdorda oqsil (35–45%) va moy (18–25%) saqlashi bilan chorvachilikda, qishloq xo‘jaligida va oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois uni yetishtirish samaradorligini oshirish, ayniqsa takroriy ekin sifatida yetishtirilganda yuqori hosil olish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Aniqlanishicha, kuzgi g‘alla ekinlaridan keyin ekilgan soya uchun tuproq namligining pastligi, yozgi yuqori haroratlar va vegetatsiya davrining qisqaligi o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar natijasida o‘simlikning ildiz tizimi sust rivojlanadi, gullash va dukkak hosil qilish jarayonlari kechikadi hamda donning to‘liq shakllanishi qiyinlashadi.Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida o‘sish stimulyatorlaridan foydalanishning samaradorligi o‘rganilgan.

Сведения · Details