Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9

KUNGABOQAR HOSILDORLIGIGA MINERAL OʻGʻIT MEʼYORLARINING TAʼSIRI (SUGʻORILADIGAN TIPIK BOʻZ TUPROQLAR SHAROITIDA)

Xolmurod Maxmudovich Bozorov, Batiy-xan Sultanovich Nasirov

Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

Аннотация · Abstract

Ushbu maqolada sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida qora kungaboqar (Tarsan urug’i.) hosildorligiga mineral oʻgʻit meʼyorlarining taʼsiri boʻyicha 2026-yilda oʻtkazilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Tadqiqotlar 1,0 × 2,0 m oʻlchamli 18 ta ogʻirlik-drenajli lizimetrda 6 variant (1 — nazorat, oʻgʻitsiz; 2 — N100P70K30; 3 — N150P105K45; 4 — N200P140K60; 5 — N250P175K75; 6 — N300P210K90 kg/ga) va 3 takrorlikda oʻtkazildi. Tadqiqotlarda eng yuqori urugʻ hosili N250P175K75 variantida (3,21 t/ga), nazoratga nisbatan eng katta qoʻshimcha hosil ham shu variantda (1,35 t/ga) qayd etildi. Mineral oʻgʻitlarning bir birligiga toʻgʻri keladigan hosil (PFP) meʼyor oshishi bilan 12,15 t/t dan 5,07 t/t gacha pasaydi, agronomik samaradorlik (AE) esa eng yuqori qiymatga N200P140K60 variantida (3,15 t/t) erishdi. Oʻgʻit meʼyori 400 kg/ga dan oshganda hosilning qoʻshimcha oʻsishi toʻxtab, lizimetrik kuzatuvlarda nitrat azotining yuvilishi 31,8 kg/ga dan 61,2 kg/ga gacha (qoʻllangan azotning 15,9–20,4 %) ortib bordi. Olingan natijalar asosida sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlarda qora kungaboqar uchun maqbul mineral oʻgʻit meʼyori sifatida N200P140K60 kg/ga (N:P:K = 1:0,7:0,3) tavsiya etildi.

Сведения · Details