Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
EKOLOGO-GEOGRAFIK UZOQ SHAKL BEDA DURAGAYLARINING YASHIL MASSA MAHSULDORLIGI
Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti
O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti
Toshkent davlat agrar universiteti
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada 2024 yilda PSUYEAITI markaziy tajriba xo‘jaligida barpo etilgan beda duragay ko‘chatzoridagi uchinchi yilgi birinchi o‘rimidagi manbalarining o‘simliklari bo‘yi va yashil massa mahsuldorligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar keltirilgan. Uchinchi yilgi beda duragay manbalarining birinchi o‘rim bo‘yicha o‘simliklarining o‘rtacha bo‘yi 57,0 sm dan 73,7 sm gacha bo‘lib, Ϝ5 S-3784 T-2009 x S-3153 (M.Keniya x M.Tanzaniya), Ϝ1 S-3192 k-6192 Teton Sev.Amer. sine-gibrid SShA x gr. sortov va Ϝ2 S-3750 a (k-6034 x k-831 Peruvianskaya) x k-6034 №14, pos. Ivanovka duragay o‘simliklarining bo‘yi andoza Toshkent-1 navi ko‘rsatkichidan mos ravishda 12,2 sm, 3,2 sm va 2,4 sm ga balandligi aniqlandi. Ϝ5 S-3784 T-2009 x S-3153 (M.Keniya x M.Tanzaniya) va Ϝ2 S-3776 (k-831 Peruvianskaya, Peru x k-6034 №14, pos. Ivanovka) x k-831 Peruvianskaya, Peru murakkab duragaylarida yashil massa mahsuldorligi 215,1 g/o‘sim. va 188,3 g/o‘simlikni tashkil qilib, andoza Toshkent-1 navi ko‘rsatkichidan 36,5 g/o‘sim. va 9,7 g/o‘simlikka ustunligi kuzatildi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3222
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0