Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 124, № 9
KUNJUT URUG‘INI EKISH MUDDATINING OʻSIMLIKNING BOʻYI VA SHOXLARI MIQDORIGA TA’SIRI
Urganch davlat Universiteti
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada Xorazm viloyatining sug‘oriladigan sharoitida kunjut navlarini turli muddatlarda ekishning o‘simlik bo‘yi va yon shoxlari soniga ta’siri o‘rganilgan. Dala tajribalari 2025-yilda Tashkentskiy-122 va Qora shaxzoda navlari misolida 5-may, 20-may va 5-iyun ekish muddatlarida olib borildi. Tadqiqot davomida kunjut o‘simligining shoxlanish, g‘unchalash, gullash, ko‘saklash va pishish fazalarida biometrik ko‘rsatkichlari, jumladan, o‘simlik bo‘yi va yon shoxlari soni aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ekish muddatining kechikishi bilan har ikkala navda ham o‘simlik bo‘yi va yon shoxlari sonining kamayishi kuzatildi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3220
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0