Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8
G‘O‘ZANI TOMCHILATIB SUG‘ORISHDA “PROBIOFITO” BIOSTIMULYATORINING SAMARADORLIGI.
Buxoro davlat texnika universiteti
Buxoro davlat universiteti
Аннотация · Abstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Buxoro-10 navini tomchilatib sug‘orish usulida yetishtirishning samaradorligini oshirishda ProBioFito biostimulyatorini qo‘llash orqali g‘o‘zaning tashqi omillarga ta’sirini kamaytirish hamda tomchilatib sug‘orish samaradorligini oshirishi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. G‘o‘zani ProBioFito biostimulyatori bilan ekishdan oldin chigitga hamda 1, 2 va 3-sug‘orishlardan oldin o‘simlik bargidan ishlov berilgan dalada g‘o‘zaning Buxoro-10 navini tomchilatib sug‘orish ishlari sug‘orish oldi tuproq namligi CHDNS ga nisbatan 75-80-65 % da 2-10-1 tizim asosida 13 marta sug‘orilib, sug‘orish me’yori 223-374 m3/ga ni, mavsumiy sug‘orish me’yori esa, 3457 m3/ga ni tashkil qilib, g‘o‘za hosildorligi 49,8 s/ga ni tashkil qilib, nazoratga nisbatan 5,5 s/ga ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi.
Сведения · Details
- DOI 10.63241/agro-3218
- Журнал · Journal Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini
- Язык · Language узбекский
- Цитирования (Crossref) · Citations 0