Central Asian Research Index

Agro kimyo himoya va o`simliklar karantini, 2026, т. 123, № 8

OLMADA COLLETOTRICHUM ZAMBURUG‘ TURKUMIGA MANSUB ANTRAKNOZ (ACHCHIQ CHERISH) KASALIGI

Ruxsora Riqsillo qizi Halimova

O‘zRFA Genetika va eksperimental biologiyasi insituti

Аннотация · Abstract

Colletotrichum - turkumiga mansub zamburug‘lar olmaning antraknoz (achchiq chirish) kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy fitopatogenlardan hisoblanadi Bu zamburug‘ turkumining turlari butun dunyo bo‘ylab eng muhim o‘simlik patagen bo‘lib, olma( Malus)da asosiy xo‘jayinlik qiladi va meva sifati va hosildorligining pasayishiga olib keladi. Colletotrichum turkumiga mansub 27 xil zamburug‘ o‘simliklarda achchiq chirishi kasalligini keltirib chiqaradi[1,2]. Ushbu kasallik mevalarning chirishiga, sifatining pasayishiga va hosildorlikning kamayishiga sabab bo‘ladi. Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston va boshqa turli hududlaridan yig‘ilgan yovvoyi olma (Malus sieversii) namunalarining Colletotrichum zamburug‘iga chidamliligi baholandi. Kasallikka chidamlilik darajasi sun'iy inokulyatsiya usuli yordamida aniqlandi. Tadqiqot natijalari seleksiya ishlarida kasallikka chidamli yangi olma navlarini yaratishda foydalanish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Сведения · Details